2025 й. 5 июнь
Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasining Naqshbandiya tariqati muzeyida Buxoro viloyati Rometan tumani 23-IDUM o‘quvchi yoshlari uchun tadbir tashkil etildi.
Tashrif davomida o‘quvchilarga Naqshbandiya tariqatining tarixi, asoschisi Xoja Bahouddin Naqshband hazratlari hayoti va faoliyati, hamda muzeydagi noyob eksponatlar haqida ilmiy xodimlar tomonidan ekskursiyalar o‘tkazildi.
⯑ Tadbir yakunida o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi, bu esa ular uchun unutilmas taassurot bo‘ldi.
Bu kabi tashriflar yoshlar ongida tarixiy-ma’naviy merosimizga bo‘lgan hurmatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
